Milliy olimpiya qo`mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov o`zbek sportida faoliyat olib borayotgan sportchi xotin-qizlarimizni 8 mart bayrami bilan tabrikladi.
Assalomu alaykum muhtaram opa-singillar!
Fursatdan foydalanib Sizlarni kirib kelayotgan 8 mart - xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. O`zbek sportida Siz opa-singillarimizning tutgan o`rni beqiyos. Yurtimiz sport yulduzlarini tarbiyalayotgan Svetlana Kuznesova, Roziya Yakubova, Gulnora A`zamova, Saida Mahmudova, Iroda To`laganova, Saida Iskandarova, Sevar Karimova, Liliya Vlasova, Nellya Kiyamova, Natalya Efimova, Alena Aksyonova, Sevara Ganieva kabi sport namoyondalari, Oksana Chusovitina, Ekaterina Xilko, Gulnoza Matniyazova, Svetlana Radzivil, Nadiya Dusanova, Nafisa Mo`minova, Gulruhbegim Tohirjonova, Nigora Tursunqulova, Yodgoroy Mirzaeva, Muattar Nabieva, Sabina Sharipova, Anastasiya Serdyukova, Zaynab Dayibekova kabi o`zbek sportini dunyoga olib chiqqan sport yulduzlari bilan xalqimiz doimo fahrlangan.Bayram arafasida ushbu sportchilar timsolida o`zbek sporti rivoji yo`lida mehnat qilayotgan barcha opa-singillarimizni Milliy olimpiya qo`mitasi, Olimpiya harakati ishtirokchilari va shaxsan o`zim nomimdan samimiy qutlashga izojat bersangiz. Yurtimiz dovrug`ini ko`klarga ko`tarishdan, vatanimiz uchun yangidan-yangi chempionlarni tarbiyalab berishdan aslo charchamang! Xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizga qut-baraka tilayman. Yana bir bor bayramingiz bilan, aziz opa-singillar!
Hurmat va ehtirom bilan,
Umid Ahmadjonov
O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov






