Kecha Pxyonchxandagi Paralimpiya shaharchasida O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`ini ko`tarish marosimi bo`lib o`tdi.
Tantanali marosimda Pxyonchxan Paralimpiya shaharchasi meri, Seul nogironlar sport assosiasiyasi vise-prezidenti Park Yon Sooga O`zbekiston delegasiyasi tomonidan esdalik sovg`alar topshirildi.

Eslatib o`tamiz, XII Paralimpiya o`yinlarining tantanali ochilish marosimi bugun, 9 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 (Toshkent vaqti bilan soat 16:00)da boshlanadi.
Unda tog` chang`isi bo`yicha bahslarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan yagona sportchimiz Yoqutxon Xolbekova delegasiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi.






