1

Indigo bolalar yangi irqning ibtidosimi?

Dunyo 24.05.2014, 12:17
Indigo bolalar yangi irqning ibtidosimi?

“Indigo” bolalar haqida ko`rgan va eshitganmisiz? Ha, albatta kurrai zaminimizdagi bu turga mansub bo`lgan iste`dod egallari ko`p. Ularni  olimlar g`ayrioddiy insonlar deb atamoqda. Qolaversa, bu bolalar yangi irqning yaralishidan darak berishayotganligi borasida ham farazlar yangramoqda. Bu haqiqatan ham shundaymi, bu mavjudotlar kim aslida?

-Oxirgi o`n yilda oddiy o`g`il-qizlarga umuman o`xshamaydigan bolalar dunyoga kela boshladi, — deb hikoya qiladi Evropa psixoterapevtlar assosiasiyasi a`zosi, psixolog, ancha vaqtdan beri shu turdagi bolalar bilan shug`ullanib kelayotgan Natalya Mixaylovskaya. – Ularning g`ayirtabiiy ekanligin tug`ilgan oylaridan boshlab seziladi. Shifokorlar tug`ilgan iqtidorlarning ko`zlarini ko`rib, xuddi yoshi katta insonlarni ko`rib turganidek hayratalana boshlaydi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlar nigohini bir joyga  jamlay olishmaydi. Bular esa chaqaloqlarga xos bo`lmagan nazar bilan atrofga tikilishadi. Tug`ilgan chaqaloqlardagi bu kabi o`zgarishlarni sezayotgan ota-onalar esa salomatlik markazlari va psixologik maslahatxonalarga o`z bolalaridan shikoyat qilishni boshlashadi.

Psixologlar esa bunday bolalarni “diqqat-e`tibor  jamlanishining etishmasligi sindromi” va “giperfaol” deb taxshis qo`yishib, ularni tinchlantiruvchi dorilar bilan “davolashadi”.

Ammo psixologlar kim giperfaollikdan azob chekayotgan bo`lsa, bir mashg`ulotda diqqatini jamlab olishga qodir emas degan fikrda yurishmoqda. Bular biroz qiyinchilik ko`rsa, o`zini boshqa ishga urishadi deyishmoqda. “Yangi” bolalar esa aksincha, ularni qiziqtirayotgan mashg`ulotdan ajratib olishning iloji yo`q. O`z maqsadlariga erishish uchun katta tezlikda intilishib, olamshumul natijalarga erishadilar. Qiziquvchanligini qondirmaguncha tinib-tinchimaydilar.

Yangi dunyo bolalaridan indigoga qadar

- Bunday bolalar uchun maxsus termin yoki atama yo`q edi, — davom etadi psixolog Mixaylovskaya. — Rossiyada “yangi ming yillik bolalari” yoki “yangi dunyo bolalari” deb atashardi. Angliyada esa ular to`g`risida “kiborg”lar deb atashgan. Ularning yana bir jihati shuki, uch-to`rt yoshligidanoq ko`pchilik katta yoshdagi odamlar tushunmaydiga kompyuterni tushunishadi. Bular texnologik mo`ljal ola biladigan bolalar hisoblanadi. Demak, “yangi dunyo bolalari”dan yaqin o`n yillikda bizning hayolimizga kelmaydigan darajadagi ishlarni amalga oshirishlari mumkin. Noyob bolalar qo`l mehnatidan ko`ra, miyasini ishlatgan holda boshqa dunyo eshiklarini ochadi. Ammo bunday g`alati bolalar muammoalari bilan jiddiy shug`ullangan psixolog Li Kerollning o`tkazgan tadqiqotlari natijasida “indigo” atamasi paydo bo`lgan. Indigo – aqlli, taraqqiy etgan go`daklarni odatdagi o`zini tutishi stereotipiga bo`ysunishni istamaydigan go`dak, - deya tushuntiradi Natalya Aleksandrovna. — U sayyoramizdagi boshqacha dasturdagi favqulodda iqtidorli mavjudot.

Noyobligi bilan ajralib turadilar

Germaniyalik 9 yoshli Maykl Smit g`alati “ko`zboylog`ichlik” ni namoyish qildi: u xapdorilar solingan yopiq flakonni olib stol ustiga qo`ydi va hamma dorilarni idishdan chiqarib boshqa stolga o`tkazdi.

Meksikalik o`smir yigitgcha Osvaldo Rios ko`zlari bog`langan holda kimdir uzatgan fotosuratni olib, ustidan qo`lini yuritadi va unda nima tasvirlanganligini aniq aytib beradi. Boz ustiga u nafaqat suratdagi kishining ismini, uy manzilini, hattoki haydovchilik guvohnomasini va sug`urta polisining raqamlarini ham aytib beradi.

Avstriyalik 10 yoshli Mark Evelizer esa maktabda bo`lgan tadbirda ajoyib tomosha ko`rsatib, barchani og`zini lang ochilishiga sababchi bo`ladi. U orqasida turgan yozuv doskasida yozilayotgan harflarni qaramasdan turib, aniq aytib beradi. Uning to`g`ri aytayotganiga qoyil qolayotgan o`qituvchilar turli so`zlarni yozishganiga qaramay, Mark ularni harflarigacha aytadi. Undan bularni qanday aytayotganligini surishtirganida, shunchaki oddiy deb javob qaytaradi.

N`yukasl shahrida istiqomat qiladigan Alan Uollis esa bir dona atirgulini qo`liga oladi va atrofida kuzatayotgan bir qancha insonlarni cho`ntaklaridan har biridan shularni oladi. U bir qo`lida o`sha atirgulini ushlagan holda, narigi qo`li bilan peshvoz chiqqan odamdan shuni o`ziga o`xshash gullarni oladi. Bu bir qarashda, “fokus”ga o`xshab ketadi. Biroq, Alan ko`rsatayotgan g`ayritabiiy tomosha barchani ajablantiradi.

Ular boshqa bolalardan nimasi bilan farq qiladi?

*Ular hatto ona qornidagi paytlarini ham  eslay olishadi.

*Odamning og`riyotgan joylarini qo`llarini tekkizgan holda, dardiga shifo berishga qodir.

*Ular o`zlari ishlayotgan kasbda boshqalarni hayratga soladigan ishlarni amalga oshirishadi.

*Boshqalarni ahloqiy jazolashga harakat qilishmaydi.

Internet materiallari asosida Izzatbek tayyorladi      

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1