1

O`qotar qurol sotuvchisi qo`lga tushdi

Jinoyat 09.03.2018, 14:08
O`qotar qurol sotuvchisi qo`lga tushdi

Mamlakatimizda qurol, o`q-dori, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga zid saqlash, unga egalik qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Xo`jaqiya-2” mahallasida yashovchi Nafsin Mo`llaev (ism-familiya o`zgartirilgan) ov qurolini 200 ming so`mga qonunga xilof ravishda sotayotganida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ushlandi, deya xabar berdi O`zA.

N.Mo`llaevning “IJK” rusumli bir stvolli, 20 kalibrli hujjatsiz o`qotar qurolni qaerdan olgani va qanday maqsadda pullashga uringani IIB xodimlarini qiziqtirib qoldi. Ayni paytda N.Mo`llaevga nisbatan O`zbekiston Rspublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1