Milliy olimpiya qo`mitasining MMA federasiyasi tuzilishi haqidagi xabar borasida rasmiy bayonoti e`lon qilindi. Bu haqda O`zA yozmoqda.
Ta`kidlanishicha, kecha yurtimizdagi sportga oid internet saytlarda O`zbekistonda yangi MMA (aralash qoidalar jangi) federasiyasiga asos solinganligi haqida xabar qilingan.
Lekin ushbu federasiya tuzilishi oldidan na Milliy olimpiya qo`mitasi, na O`zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabardor qilingan. Qolaversa, bu federasiya ayni paytda yuridik jihatdan hech qanday kuchga ega emas, deyiladi bayonotda.
Shu sababli ham Milliy olimpiya qo`mitasi hamda O`zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O`zbekistonda yangi tuzilgan ushbu federasiyani tan olmasligini rasman ma`lum qiladi.






