1

Saakashvili Ukraina prezidentining maslahatchisi bo`lishi mumkin

Dunyo 26.05.2014, 14:58
Saakashvili Ukraina prezidentining maslahatchisi bo`lishi mumkin

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili va Gruziya iqtisodiyot sobiq vaziri Kaxa Dendukidze Petr Poroshenkoning tarkibida (saylovda g`olib chiqsa) prezident maslahatchisi lavozimida ishlashi mumkin. 

Bu haqda dushanba kuni Udar partiyasi etakchisi va Kiev meri saylovida g`alaba qozongan Vitaliy Klichko mahalliy televidenie orqali  ma`lum qildi, deya xabar bermoqda ITAR-TASS axborot agentligi. 

"Men Saakashvili bilan suhbatlashdim, u o`z xizmatlarini taklif qildi. Ular o`z yordamlarini bera olishlariga ishonaman",-deydi  Klichko.

Eslatib o`tamiz, Ukraina markaziy saylov komissiyasining xabar qilishicha, ayni damda Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida milliarder Petr Poroshenko peshqadamlik qilmoqda.    

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1