AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidentining Qozog`istonga tashrifi kutilayapti

'O`zbekiston Prezidentining Qozog`istonga tashrifi kutilayapti'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 15 mart kuni Qozog`istonga borishi kutilayapti. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri ma`lum qilindi.

O`zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qozog`iston Respublikasi, Qirg`iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi rahbarlarining Ishchi(maslahatlashuv) uchrashuvida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoev va Nursulton Nazarboev Qozog`istonda O`zbekiston Yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Ayni chog`da ikki davlat rahbari san`at ustalarining gala-konsertida ham qatnashadi.

    Boshqa yangiliklar