1

O`rmonda ro`y bergan yong`inda chet ellik sayyohlar halok bo`ldi

Dunyo 12.03.2018, 15:00
O`rmonda ro`y bergan yong`inda chet ellik sayyohlar halok bo`ldi

Hindiston janubidagi Tamilnad shtati Kurangani tog`li hududida yuzaga kelgan yirik o`rmon yong`ini oqibatida kamida 9 sayyoh xalok bo`ldi, 18 nafari esa jarohatlangan. Bu haqda ANI agentligi xabar berdi.

Agentlikning Twitterdagi sahifasida qayd etilishicha, 27 kishi qutqarib qolindi. Ularning 8 nafarining ahvoli jiddiy.

Halok bo`lganlarning millati haqida ma`lumotlar yo`q.

NDTV telekanalining xabar berishicha, sayyohlar guruhi xalqaro xotin qizlar kuniga bag`ishlangan trekking-turdan qaytib kelishayotgan edi

Hodisadan so`ng mamlakat mudofaa vaziri Nirmala Sitxaraman harbiy havo kuchlarini qutqaruv-qidiruv amaliyotlariga jalb etgan. Ular kelguncha mahalliy aholi vakillari qidiruv ishlarini boshlab yuborishdi. Polisiyaning ma`lum qilishicha, keyingi vaqtlarda bu hududlarda bir necha yong`in o`choqlari qayd etilgani sababli sayyohlar safardan oldin tegishli organlardan ruxsat olishlari kerak edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1