AsosiyJamiyat

Toshkent shahar YHXBning yangi ro`yxatdan o`tkazish va imtihon olish bo`linmasi ochildi

'Toshkent shahar YHXBning yangi ro`yxatdan o`tkazish va imtihon olish bo`linmasi ochildi'ning rasmi

12 martdan Mirobod tumani Vodil ko`chasi 54-uy manzili bo`yicha Toshkent shahar IIBB YHXBning yangi ro`yxatdan o`tkazish va imtihon olish bo`linmasi ochilmoqda. Ushbu bo`linma Mirzo Ulug`bek tumani aholisiga xizmat ko`rsatadi, deb xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Shu kundan Yakkasaroy tumani aholisi Sergeli tumani “Sergeli-avto bozori” MChJ hududida joylashgan IIBB YHXBning 1-sonli tumanlararo ro`yxatdan o`tkazish va imtihon olish bo`linmasi tomonidan xizmat ko`rsatilishi yo`lga qo`yilmoqda.

Shuningdek, Toshkent shaxar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining ro`yxatdan o`tkazish va imtihon olish bo`lim va barcha bo`linmalarida haftaning dushanba kuni ish kuni etib belgilandi. Faqatgina Chilonzor tumanida joylashgan 3-tumanlararo ro`yxatdan o`tkazish va imtihon olish bo`linmasi ta`mirlash ishlari tufayli 19 martdan boshlab har dushanba kuni ham ishlaydi.

Bundan tashqari barcha bo`lim va bo`linmalarda qo`shimcha ravishda jamg`arma kassalarining darchalari ochildi. Transport vositalarining agregat raqamlarini solishtirish maskanida katta navbatlarni bartaraf etish maqsadida qo`shimcha xodim va vositalar jalb etildi. Fuqarolarning haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun qo`shimcha xonalar tashkil etildi.

    Boshqa yangiliklar