27 may kuni Toshkent shahrining Sebzor dahasidagi ko`p qavatli uylardan birida baxtsiz hodisa yuz berdi.
5 qavatli uyning balkonidan to`qqiz oylik bola yiqilib tushdi, deya xabar bermoqda uz24.uz sayti.
Dahada yashovchilarning aytishlaricha, bu voqea erta tongda sodir bo`lgan. Bu paytda ota-ona o`z qizlari bilan uyning balkon qismidagi ochiq derazani oldida uxlab yotgan bo`lishgan.
Nashrning yozishicha, chaqaloqning hayotini saqlab qolish imkoni bo`lmadi.