AQShning shimoli sharqiy xududlari butunlay qor ostida qolmoqda, deb xabar berdi Reyter agentligi.
Ushbu holat Nyu-York, Vermont, Nyu- Xempshir va Massachustes kabi shtatlarda kuzatilmoqda.
13 martdan boshlab bir qator maktablar qor bo`roni tufayli vaqtinchalik yopilgan. Mahalliy va xalqaro aeroportlarda reyslar bekor qilingan. Shaharlararo qatnovchi avtobuslar ham o`z faoliyatini to`xtatgan.
Hozirga qadar umumiy hisobda 175 mingdan ortiq elektr uzilishlari qayd etilgan.






