Namangan viloyatining Chortoq tumanida 13 mart kuni soat 23.35larda “Bek” MChJga qarashli Arbag`ish mahallasida joylashgan avtomashinalarga propan gaz quyish shoxobchasida elektr dvigateli ishlashi natijasida kompressorda sodir bo`lgan qisqa tutashuv oqibatida yong`in sodir bo`lgan.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in o`chirish vaqtida shu shoxobcha operatori D.B. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.






