AsosiyJamiyat

Bedarak yo`qolgan bank xodimining jasadi va avtomashinasi “Savay ariq” kanalidan topildi

'Bedarak yo`qolgan bank xodimining jasadi va avtomashinasi “Savay ariq” kanalidan topildi'ning rasmi

Andijon viloyatining Qo`rg`ontepa tumanida 2018 yil 9 mart kuni Beshtol MFY Hurlik ko`chasi 29-uyda yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan A.Qosimov 19.00larda birga yashovchi ukasi, ATB “Xamkorbank” tuman filiali ishchisi, 1990 yilda tug`ilgan F.Qosimov o`zining “Neksiya” rusumli avtomashinasida ish joyidan noma`lum tomonga ketib, bedarak yo`qolganligini ma`lum qilgan.

Qidiruv ishlari natijasida avtomashina Qo`rg`ontepa tumani Yangi-bo`ston MFY hududida joylashgan “Omad Zuhro” fermer xo`jaligidan oqib o`tuvchi “Savay ariq” kanalidan topilgan.

Shuningdek Nafosat mahallasida joylashgan “Oxunjon er saxovati” fermer xo`jaligidan oqib o`tuvchi “Savay ariq” kanalidan F.Qosimovning bosh va chap biqin sohalarida tan jarohatlari bilan jasadi topilgan. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jalaquduq tumani Beshtol MFY Bog` ko`chasi 169-uyda yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan F.Sultonov va Qirg`iziston Respublikasi fuqarosi, O`sh shahri Zaynobidinova dahasi O`sh ko`chasida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan A.Ibragimovlar sodir etganliklari aniqlandi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

    Boshqa yangiliklar