Evropa chempionlar ligasining 1/8 final bosqich javob bahsida “Barselona” o`z maydonida “Chelsi”ni 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan edi.
Mazkur o`yinda raqib darvozasiga ikki golni kiritgan Lionel Messi EChLdagi gollari sonini 100taga etkazib oldi. Bunday natijaga erishgan ilk futbolchi “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldudir. 30 yoshli argentinalik Leo mazkur natijani qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi.






