Avval xabar berganimizdek kecha Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqich javob bahsida “Barselona” jamoasi muvaffaqiyatga erishib, chorak finalga chiqgan edi.
Shu tariqa Kataloniya Evropa chempionlar ligasining chorak finalida ketma-ket 11 marotaba ishtirok etadigan bo`ldi.
E`tiborlisi, bunday natijaga Evropaning hech bir jamoasi erisha olmagan. "Barselona" bu yilgi chempionlar ligasining chorak finaliga chiqib, musobaqa tarixiga kirdi.
Eslatib o`tamiz, musobaqaning 1/4 final bosqichiga ertaga, 16 mart kuni qur`a tashlanadi.






