1

Xavfli jinoyatchi Moskvada ushlandi

Jinoyat 15.03.2018, 12:20
Xavfli jinoyatchi Moskvada ushlandi

Surxondaryo viloyati Denov tumani Vodiy mahallasida yashagan 24 yoshdagi Inoyatullo So`lmatov (ism-shariflar o`zgartirilgan) Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Moskva shahrida qo`lga olindi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

U 2014 yil mart oyida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko`zda tutilgan konstitusiyaviy tuzumga tajovuz qilish, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish bilan bog`liq jinoyatlarni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan edi.

Umrining eng gullagan davri – 20 yoshida o`ta xavfli jinoyatga qo`l urib, xorijda yashiringan I.So`lmatov mamlakatimizga deportasiya qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1