AsosiyJamiyat

1 apreldan elektr energiyasi narxi oshmoqda

'1 apreldan elektr energiyasi narxi oshmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi 913-sonli qaroriga asosan «O`zbekenergo» AJ 2018 yil 1 apreldan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma`lum qiladi.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2018 yil 14 martdagi 19-03-22-06-O`zR-6-2018 sonli Reestri

Guruh

Nomi

Narxi

Iguruh

Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo`lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tariflar bo`yicha hisob-kitob qiladigan iste`molchilar, byudjet tashkilotlari, fermer xo`jaliklari va suv iste`molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno

228 so`m 60 tiyin

IIguruh

Elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif bo`yicha hisob-kitob qiladigan iste`molchilar, maishiy iste`molchilardan tashqari

228 so`m 60 tiyin

III guruh

Maishiy iste`molchilar

228 so`m 60 tiyin

Elektr plitalar bilan jihozlangan, o`n qavatdan yuqori bo`lgan ko`pxonadonli turar joylari va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste`molchilar uchun

114 so`m 30 tiyin

IVguruh

I va II tarif guruhlari iste`molchilari tomonidan texnologik maqsadda elektr isitish, shuningdek binolarni isitish, issiq suv ta`minoti va ovqat tayyorlashda foydalanilgan elektr energiyasi uchun

241 so`m 50 tiyin

Izoh:

1.Ushbu tariflar 1 kVt soat elektr energiyasi uchun qo`shilgan qiymat solig`i hisoblangan holda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg`i-energetika resurslari bilan o`z vaqtida ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 2017 yil 14 noyabrdagi 913-sonli qarori va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida» 2018 yil 12 yanvar 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasidan foydalanish qoidasiga asosan o`rnatilgan.

2.Ushbu reestr kuchga kirishi bilan 2017 yil 29 iyundan amal qilgan 19-03-22-06-O`zR-29-2017 sonli Reestri o`z kuchini yo`qotadi.

    Boshqa yangiliklar