AsosiyJamiyat

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi O`zbekistonda kasb-hunarga o`qitish markazlarini ochadi

'Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi O`zbekistonda kasb-hunarga o`qitish markazlarini ochadi'ning rasmi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vise-prezidenti Surayyo Er va agentlikning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Ihsan Chag`lar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, deya xabar berdi O`zA.

Uchrashuvda TIKA tomonidan O`zbekiston Respublikasida talab yuqori bo`lgan sohalar bo`yicha kasb-hunarga o`qitish tizimini yo`lga qo`yish yuzasidan takliflar berildi. Jumladan, TIKA rahbariyati Farg`ona vodiysida hudud ehtiyojidan kelib chiqqan holda, kasb-hunarga o`qitish markazlarini ochish, ayniqsa, talab yuqori bo`lgan tikuvchilik, avtomobilsozlik, mashinasozlik, payvandlash va boshqa shu kabi yo`nalishlarda kasb-hunarga o`qitish tizimini yaratishga e`tibor qaratdi.

Kasb-hunar o`rgatishda Turkiya Respublikasidan malakali kadrlarni jalb qilib, ta`lim sifatini oshirish masalalari ham muhokama qilindi. O`quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan malakali kasb egalari mehnat faoliyatini boshlashida kerakli jihoz va anjomlar bilan ta`minlab berilishi alohida ta`kidlandi.

Ushbu tizim avvalo Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida ishga tushirilishi va keyinchalik respublikamizning qolgan viloyatlarida ham xuddi shunday markazlar ochilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar