AsosiyJamiyat

​Sud binosiga elektron ma`lumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalarni olib kirish taqiqlandi

'​Sud binosiga elektron ma`lumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalarni olib kirish taqiqlandi 'ning rasmi

Sud binosiga mobil telefon, audio, foto va video qayd etish vositalari hamda elektron ma`lumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalarni olib kirish taqiqlandi. Bu xada Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Sudlar, sud prosesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta`minlash tartibi to`g`risidagi yo`riqnoma Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Yo`riqnomaga binoan, sudlar, sud prosessi va ishtirokchilari hamda ularning yaqin qarindoshlari xavfsizligini ta`minlash ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kirib chiqadi.

Sud binosiga quyidagi buyum va vositalarni olib kirish taqiqlandi:

- mobil telefon, audio, foto va video qayd etish vositalari hamda elektron ma`lumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalar;

- o`qotar qurol, portlovchi, zaharli, radioaktiv hamda boshqa kuchli ta`sir etuvchi kimyoviy moddalar, qo`llanilishi (foydalanilishi) atrofdagilar xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa buyum va vositalar.

Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar o`zlari tomonidan olib kelingan sud binosiga olib kirish taqiqlangan buyumlarni sud ma`muriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda qoldirishi hamda sud binosidan chiqishda o`zi bilan olib ketishi kerakligi belgilandi.

Sud binosining nazorat o`tkazish punktida xavfsizlikni ta`minlash maqsadida xizmat olib borayotgan qo`riqlash xizmati xodimlari sudga tashrif buyuruvchilar va ularning buyumlarini metallodetektorlardan foydalangan holda tekshirishi mumkin.

Yuqoridagi ma`lumotlardan foydalanishda mazkur kanalga havola qilish shart.

    Boshqa yangiliklar