AsosiySiyosat

Nursultan Nazarbaev meva-sabzavotlarni qo`shnilardan sotib olishga da`vat qildi

'Nursultan Nazarbaev meva-sabzavotlarni qo`shnilardan sotib olishga da`vat qildi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Nursulton Nazarbaev respublikaga meva-sabzavotlarni Markaziy Osiyo mamlakatlaridan import qilishga da`vat qildi.

Qozog`iston prezidenti aytishiga qaraganda respublikalar yaqin qo`shnilarda bor mahsulotlarni allaqaerlardan olib kelishmoqda.

“Statistik ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`iston o`zida bor mahsulotlarni allaqaerlardan olib keladi. Tojikiston esa GES qurilishi uchun kerakli metallni Evropadan sotib olmoqda. Bizning Karagandadagi metallurgiya kombinati ham o`sha armaturadan istaganicha ishlab chiqarishi mumkinku”, — dedi Nazarbaev.

Uchrashuv davomida davlat rahbarlari o`zaro eksport-import operasiyalarini batafsil muhokama qilishdi.

“Meva-sabzavotlar allaqachon pishib etishgan O`zbekiston va Tojikistonda usha anorlar ham bor. Lekin, buni qarang-ki, biz qulupnayni Isroildan olib kelayapmiz. Ushbu savdodan manfaatdor bo`lgan amaldorlarni fikrini o`zgartirish — bu oddiy masala emas. Ularning chet mamlakatlarda do`stlari bor. Ular o`sha yoqdan mahsulot olib kelishdan manfaatdor”, — dedi Qozog`iston prezidenti.

15 mart kuni Ostonada, Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil qilingan, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari uchrashuvi bo`lib o`tdi. Ushbu davra uchrashuvi 2019 yilda Toshkentda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar