Bugun Toshkentda “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida 2018” loyihasi doirasida “Yo`l xaritasi” xalqaro forumi bo`lib o`tadi. Loyiha 12 yo`nalishda amalga oshirilib, uning tadbirlari Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSh, Turkiya, Chexiya, Fransiya va Yaponiya kabi davlatlarni o`z ichiga qamrab oladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ilm-fan va madaniyat sohasidagi tashabbuslari keng jamoatchilikning e`tiborini tortmoqda. O`zbekistonning madaniy merosini saqlab qolish va ko`paytirish masalalari bo`yicha mahalliy ilmiy xodimlar va xorijiy mutaxassislar jalb etilgan.
“O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi ushbu sohadagi hamkorlikning yorqin namunasidir.
Mazkur loyiha dunyo muzeylarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosi haqida mamlakat aholisini, xususan, yoshlar bilan keng jamoatchilikni o`zbek xalqining bebaho ma`naviy boyligi bilan tanishtirish, o`zbek zaminida dunyoga kelgan buyuk olimlarining jahon sivilizasiyasi rivojiga qo`shgan hissasini chuqur o`rganish, dunyo muzeylarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosi kolleksiyalarining to`liq ma`lumot bazasini yaratish imkonini beradi.
Loyiha doirasida 2017 yilda katta ishlar amalga oshirildi. Chet el muzeylarida va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan artefaktlar haqida ma`lumotlar to`plash uchun larda 30 dan ortiq ilmiy safarlar tashkil etildi.
Rossiya Federasiyasi saqlanayotgan mamlakatimiz moddiy va badiiy madaniyatining xotirasiga bag`ishlangan 10 ta kitob-albom chop etildi, mazkur ishni amalga oshirishda turli mamlakatlardan 50 dan ortiq olimlar ishtirok etishdi.
Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti kolleksiyasidan “Kattalangar Qur`oni”, “Husayn Boyqaro Devoni”, “Temur Tuzuklari”, “Ravzat-as-Safo”, “Merojnoma” kabi o`rta asrlarga tegishli qo`lyozmalarining beshta yagona nusxalari ko`chirilib, davlat tashkilotlariga tuhfa qilindi. Loyiha ijodiy guruhi 16 ta hujjatli filmni suratga oldi.
Ikkita xalqaro forum (2017 yilning may oyida Toshkent-Samarqandda, noyabr oyida Toshkentda) bo`lib o`tdi, forumda dunyoning 45 mamlakatidan 500 dan ortiq olimlar ishtirok etishdi, unda 100 dan ortiq ilmiy ma`ruzalar tinglandi.
2017 yilga mo`ljallangan rejalar yanada ulkan va keng miqyoslidir. Bugun ular haqida loyiha rahbariyati batafsil ma`lumot beradi.
O`zbekistonda, shu jumladan Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSh, Turkiya, Chexiya, Fransiya va Yaponiya muzeylarida saqlanayotgan madaniy qadriyatlarimiz haqidagi 20 ta kitob albomni nashr qilish rejalashtirilgan.
O`zbekistonning xorijiy muzeylarda saqlanayotgan tarixiy-madaniy merosi haqida 20 ta film suratga olinadi. Shu jumladan Sharq allomalarining jahon sivilisiyasiga qo`shgan hissasi haqidagi 5 ta film xorij studiyalari bilan hamkorlikda yaratiladi;
Alisher Navoiyning, Abu Ali ibn Sinoning Britaniya, Fransiya, Rossiya milliy kutubxonalarida va dunyoning turli muzeylarida saqlanayotgan qo`lyozamalari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi, ularning faksimil nusxalari yaratiladi.
Mahalliy va chet ellik olimlar ishtirokida xorij muzeylarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosi haqidagi ilmiy maqolalar tayyorlanmoqda.
2018 yilning mart va oktyabr oylarida "O`zbekistonning jahon anjumanlarida madaniy merosi" loyihasi doirasida ommaviy axborot vositalari forumlari va kitoblarni topshirish bo`yicha tadbirlar taqdimoti bshlib o`tadi.
2018 yil aprel-may oylarida Britaniya muzeyida (London) 200 dan ortiq olimlar, siyosatchilar, diplomatlar, biznes hamjamiyatining vakillari ishtirokida "O`zbekiston madaniy merosi" loyihasining taqdimoti o`tkazilishi rejalashtirildi.
2018 yilning 6-8 iyun kunlari Sankt-Peterburgda “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi ko`prik” media loyihasining Ikkinchi xalqaro kongressi o`z ishini boshlaydi. Unda 40 ta mamlakatning 300 nafardan ortiq olim va tadqiqotchilari ishtirok etadi.
Kongress Rossiya Fanlar Akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti, Davlat Ermitaji, Rossiya etnografiya muzeyi, Kunstkamera, Milliy kutubxona, Din tarixi davlat muzeyi va Rossiya Fanlar akademiyasi rus adabiyot instituti tomonidan O`zbekiston tasviriy san`at ko`rgazmalarining ochilishi tadbirlari bilan birga o`tkaziladi.
O`zbekistonning chet el elchixonalarida, mazkur mamlakatlarning O`zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarida, O`zbekiston madaniy merosining dunyo muzeylaridagi to`plamiga bag`ishlangan davra suhbatlari va albomlarning taqdimot marosimi bo`lib o`tadi.
"O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” media loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlarda 10 mingta sovg`a-kitoblar va 10 000 nusxa hujjatli filmlar, O`zbekistonning xalqaro maydondagi obro`-e`tiboriga, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining taniqli vakillariga, xorijiy va milliy kutubxonalarga, ta`lim muassasalariga, olimlar va tadqiqotchilarga, mamlakatga kelgan xorijiy delegasiya a`zolariga sovg`a qilinadi.
Bundan tashqari, o`zbek madaniyatining jahon madaniyati to`plamlarida saqlanayotgan bebaho yozma yodgorliklarining 200 ta faksimil nusxasi ilmiy-tadqiqot markazlariga, milliy muzeylarga, xorijiy delegasiya vakillariga taqdim etilishi ko`zda tutilgan.
Ushbu loyiha doirasida suratga olingan videofilmlar mahalliy va xorijiy telekanallarda efirga uzatiladi.






