AsosiyJamiyat

Sergelida ikki nafar farzandi xonadon ichkarisida qulflanib qolgan ayolga yordam ko`rsatildi

'Sergelida ikki nafar farzandi xonadon ichkarisida qulflanib qolgan ayolga yordam ko`rsatildi'ning rasmi

Joriy yilning 14 mart kuni soat 8:47 da Toshkent shahri Sergeli tumani «Sputnik-16» mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Toxirova ikki nafar farzandi xonadon ichkarisida qulflanib qolganligi to`g`risida yordam so`rab murojaat qilgan, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan Tez harakat qilish respublika ko`p tarmoqli markazi navbatchi qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan etib borgan. Shundan so`ng ular maxsus asbob-anjomlar yordamida eshikni ochib ichkariga kirishgan va go`daklarni uydan olib chiqib, onasining qo`liga sog`-salomat topshirgan.

    Boshqa yangiliklar