Bugun Shveysariyaning Non shahrida UEFA shtab-kvartirasida Chempionlar ligasi chorak finaliga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Qur`a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 16:00da start oldi.
Qur`a jarayoni boshlandi
Barselona - Roma
Sevilya - Bavariya
Yuventus - Real
Liverpul - Manchester Siti

16:10. Chempionlar ligasi 2017/18 mavsum final o`yini 26 may kuni Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida o`tkaziladi.
16:08. Yarim finalga chiqqan jamoalar yana qur`ada ishtirok etishadi, hozir bo`lib o`tayotgan marosim keyingi bosqich juftliklarini aniqlay olmaydi.
16:07. Chempionlar ligasi 2017/18 mavsum final o`tadigan shahar elchisi Andrey Shevchenko qur`a marosimida juftliklarni aniqlab beradi.
16:05. Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvlari 3-4 va 10-11 aprel kunlari bo`lib o`tadi.
16:04. UEFA bosh kotibi Jorjo Marketti qur`a qanday o`tishi haqida tushuntirish bermoqda.
16:03. Bizga 1/4 finalgacha etib kelgan jamoalarning yo`llari namoyish etilmoqda.
16:02. Ushbu bosqichda har qanday juftlik bo`lishi mumkin. Bir mamlakat klublari o`zaro o`ynashiga taqiq yo`q.
15:57. Chorak final bosqichiga chiqqan jamoalar







