1

Duo kuchi (ta`sirli voqea)

Hidoyat sari 16.03.2018, 17:13
Duo kuchi (ta`sirli voqea)

Kichik bir bolakay dengiz bo`yida ko`zlarini bir nuqtaga tikib o`tirardi. Bir soatdan beri o`tirgan bu bolaning holi yaqin joyda o`tirgan bir qariyaning diqqatini o`ziga tortdi. Qariya bolaning ëniga borib:

- Ha, o`g`lim, xormang. Bugun dengiz juda ham chiroylimi-a? - dedi.
Bolakay qariyaga qaramasdan:
- Lekin bugun shamol bor. Koptogim dengizga tushib ketib, shamol bilan ancha uzoqqa ketib qoldi.
- Agar ësh bo`lganimda, suzib borib koptogingni olib berardim - dedi bolaning ëniga o`tirgan qariya.
Bola javob bermadi. Ko`z oldidan uzoqlashib ketaëtgan koptogiga qarab o`tirishda davom etdi. Qariya sokin ovoz bilan:
- Umidingni xech qachon yo`qotma. Menimcha, duo qilsang, yaxshi bo`ladi.- dedi. Bola quvonch bilan:
- Duo qilsam, koptogim qaytib keladimi? - deya so`radi.
- Agar Alloh istasa, qaytib keladi. Agar qaytib kelmasa ham duolaringning savobi senga etadi.
Bolakay qariyaning gaplari xaqida ozgina o`ylanib, orqasidan buvasidan o`rgangan duolarni o`qiy boshladi. Keyin koptogi qaytib kelishi uchun Allohdan ërdam so`radi. Lekin bu uning dardiga darmon bo`lmadi. U koptokni olish uchun uzoq vaqt xarakat qilgan, xatto bayramda olgan pullarini xam koptok uchun asrab qo`ygan edi. Hozir koptok qaytib kelishiga birgina imkoniyat shamolning o`z yo`nalishini o`zgartirishi edi. Lekin dengiz katta, koptok esa kichik.
Kechga yaqin xavo o`zgardi. Quësh botishi arafasida baliqchilar dengizdan qayta boshladi. Uyiga koptoksiz ketishni istamagan bolakay qariya bilan birga o`tirib baliqchilarni kutardi. Qariya baliqni xar doim Sherzod baliqchidan xarid qilardi. Ko`zi bilan Sherzodni izlab topgan otaxon:
- Ovingiz baroridan kelgan bo`lsa kerak inshoAlloh - dedi. Sherzod baliqchi ënidagi qutiga ishora qilib:
- Bu safar baliq oz - dedi.
- Duo qilmadingizmi? - deya gapga aralashdi bolakay. -Umidingizni aslo yo`qotmang.
Sherzod baliqchi bolakayning boshidan silab:
- Duo... Duo qilsam baliq tutamanmi?
- Tuta olmasangiz xam duolaringizning savobi sizga etadi. Men hozirgina o`rgandim buni.
Sherzod baliqchi bu gapni birinchi marotaba eshitaëtgan edi.
- Men ham endi o`rgandim. Buni menga kichkina o`qituvchi o`rgatdi - dedi baliqchi.
Bu gaplarni eshitib bolakay juda quvondi. Koptok uning esidan ham chiqib ketgan edi. Baliqchi kemasiga qaytib chiqdi va qo`liga bir koptok oldi. Uni bolakayga uzatib:
- O`qituvchilar xaqini ado etish qiyin. Bu koptokni dengizdan topib oldim - dedi.
Bolakay xuddi tush ko`raëtgandek edi. Kutilmagan narsalar bo`laëtgan tush. Atrofga qaradi. Xammasi xaqiqiy. Baliqchi ham, kema ham, qariya ham... Koptok qo`lida. Uni qattiq quchoqlab:
- Mendan ruxsatsiz uzoqqa ketish yo`q - dedi. Duo qilmaganimda nima bo`lardi?

Manba: https://t.me/hikmatlar

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1