AsosiyJamiyat

Og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga moddiy yordam beriladi

'Og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga moddiy yordam beriladi 'ning rasmi

Adliya vazirligining Telegram-kanalida xabar qilinishicha, Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`lari quyidagi manbalardan shakllanadi:

har yili 300 mlrd. so`mgacha bo`lgan miqdorda ajratiladigan Davlat byudjeti mablag`lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamoat fondining mablag`lari Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq:

- xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo`llab-quvvatlash, shu jumladan, og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo`lgan ayollarga moddiy yordam ko`rsatishga;

- xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda;

- mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan kasblar bo`yicha bilim va ko`nikmalarni egallashda ko`maklashishga;

- xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etishda imtiyozli kreditlar berishga;

- onalik va bolalikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash bo`yicha vazifalarning amalga oshirilishini moliyaviy qo`llab-quvvatlashga;

- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning ma`naviy-axloqiy negizlari va an`anaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo`yicha maqsadli ishlar olib borilishiga ko`maklashishga;

- og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo`lgan, kam ta`minlangan, farzandlarini to`liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni turar-joy bilan ta`minlashda boshlang`ich badallarini qaytarilmaslik sharti bilan to`lab berishga;

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va "Oila" markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qo`llab-quvvatlashga;

Ijro etuvchi direksiyani saqlashga ishlatilishi mumkin bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Xotin-qizlarni va oilani qo`llab-quvvatlash jamoat fondi O`zbekiston prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi farmoni bilan tashkil etilgan edi.

    Boshqa yangiliklar