O`zbekiston Milliy kutubxonasida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tayyorlagan va nashr qilgan «Islom Karimov — mustaqil O`zbekiston asoschisi» kitob-albomini kutubxonaga tuhfa etish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Unda Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova, bir qancha tashkilot vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Mazkur kitob-albomda Shavkat Mirziyoevning Birinchi Prezident haqida aytgan fikrlaridan iborat so`zboshi keltirilgan.
Kitob-albomda Birinchi Prezidentning turli yillardagi faoliyatiga oid noyob suratlari, xorijiy davlat rahbarlari, davlat va siyosat arboblari, turli soha vakillarining Islom Karimov haqidagi samimiy dil so`zlari, fikrlari joy olgan.
Bir qancha nusxadagi kitob-albomdan kutubxona foydalanuvchilari istaganicha foydalanishi mumkin. Yanada ko`proq qulaylik yaratish uchun kutubxona xodimlari tomonidan kitobning elektron ko`rinishi ham tayyorlanmoqda.






