AsosiyJamiyat

Prezidentning "Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori e`lon qilindi

'Prezidentning "Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori e`lon qilindi'ning rasmi

16 mart kuni O`zbekiston Prezidentining "Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori e`lon qilindi.

Hujjat bilan “Bunyodkor” stadioni barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga futbol bo`yicha milliy terma jamoalar uchun o`quv-mashq jarayonini tashkil qilish va sport musobaqalari va boshqa tadbirlarni o`tkazish yuzasidan O`zbekiston futbol assosiasiyasining asosiy bazasi etib belgilandi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar va o`smirlar futbol akademiyalari, shuningdek, O`zbekiston futbol assosiasiyasi huzurida Respublika bolalar va o`smirlar futbol akademiyasi tashkil qilinadi.

O`zbekiston Futbolini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi hamda uning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallarini tugatilib, bo`shagan mablag`lar O`zbekiston futbol assosiasiyasiga yo`naltiriladi.

Qarorga ko`ra, ikki oy muddatda mahallalarda futbol maydonlari qurilishini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurilishini nazarda tutuvchi dastur loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

O`zbek futbolining 105 yilligiga bag`ishlab Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida zamonaviy futbol stadioni quriladi. Shuningdek, Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Sijjak” dam olish maskani negizida O`zbekiston futbol assosiasiyasi huzurida futbol bo`yicha milliy terma jamoalar uchun o`quv-mashg`ulot bazasini tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlaridagi futbol bo`limlarini qisqartiriladi va bo`shayotgan o`quvchi qabul qilish kvotalarini olimpiya va milliy sport turlariga, shu jumladan sportning o`yin turlariga yo`naltiriladi.

O`zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o`smirlar futbol akademiyasini “Bunyodkor” stadioniga joylashtirishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini tayyorlanadi.

2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar:

O`zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo`linmalari, "O`zbekiston Professional futbol ligasi" jamoat birlashmasi va professional futbol klublari – barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalarni;

O`zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo`linmalari, "O`zbekiston Professional futbol ligasi" jamoat birlashmasi va professional futbol klublari – belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxatga muvofiq futbol bo`yicha sport ob`ektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur bo`lgan, O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari va maxsus professional sport kiyimlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalarini olib kirganlik uchun bojxona to`lovlarini (bojxona yig`imlaridan tashqari);

O`zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo`linmalari, "O`zbekiston Professional futbol ligasi" jamoat birlashmasi va professional futbol klublari tomonidan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini to`lashdan ozod qilindi

    Boshqa yangiliklar