2018 yil 17 fevral kuni soat 02.00larda Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan P.B. tug`ishdan keyingi asoratlari bilan tuman kasalxonasiga yotqizilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, 15 fevral kuni P.B. uyida qiz bola chaqaloq tuqqanligi va chaqaloqni paketga solib, uyiga yashirib qo`yganligi aniqlangan. O`tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, chaqaloq tirik holda tug`ilganligi, unga engil jarohat etkazilganligi va o`limiga yopiq muhitdan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan o`lganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.






