AsosiyJamiyat

Yo`l qoidasini buzgan IIB xodimi jarimaga tortildi

'Yo`l qoidasini buzgan IIB xodimi jarimaga tortildi 'ning rasmi

Post-patrul xizmati xodimi yo`l —harakati qoidasini buzganligi uchun jarimaga tortildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Biroz oldin ichki ishlarga tegishli bo`lgan avtomobil "Piyodalar o`tish joyi" belgisi ostida to`xtab turgani aks etgan fotosurat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Ushbu holat yuzasidan IIBB davlat raqami 01 562 VSF bo`lgan “Neksiya” patrul avtomobili kim tomonidan boshqarilganini aniqlagan va post-patrul brigadasi xodimi 1987 yilda tug`ilgan S.K.ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik kodeksning 1286-1 moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish haqqining 3 barobari miqdorida (516 000 so`m) jarima tayinlangan.

“Har bir ichki ishlar idoralari xodimi sodir etgan hatti-harakati uchun fuqarolar bilan teng huquqlilik asosida ma`muriy va jinoiy javobgarlikka tortilib bu haqida ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini ma`lum qilamiz”, — deyilgan IIBB xabarida.

Shuningdek Ichki ishlar boshqarmasi ushbu sohada faollik qilgan fuqarolarga minnatdorlik bildirgan va ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirishda xushmuomala bo`lishga chaqirishgan.

“Ijtimoiy tarmoqlarda o`z fikrlaringizni qoldirganingizda, axloq-odob qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz. Qonun oldida hamma barobar”, — deyilgan IIBB xabari yakunida.

    Boshqa yangiliklar