AsosiyDunyo

Fransiyalik novvoy dam olmasdan ishlagani uchun 3 ming evro jarimaga tortildi

'Fransiyalik novvoy dam olmasdan ishlagani uchun 3 ming evro jarimaga tortildi'ning rasmi

Kim o`z kasbini jonidan ortiq ko`rar ekan u yakshanba kuni ham, bayram kunlari ham dam olishni istamaydi, hattoki jarima to`lasa ham, deb xabar berdi Mix.tn.kz nashri.

Fransiya hukumati bir kun ham tinmay ishlagan novvoy Sedrik Verveni mehnat qonunchiligini buzganlikda aybladi. Fedrik Fransiyaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan Lyuzini-sur-bars shahrida yashaydi. U o`tgan yili novvoyxona oldida joylashgan qo`riqxonaga ko`plab sayyohlar tashrif buyurganligi uchun dam olmasdan haftada etti kun ishlagan.

Fransiya qonunchilik me`yorlariga ko`ra, kichik korxonalarga haftasiga olti kun ishlashga ruxsat berilgan. Bunday qonun qabul qilinishidan maqsad ishchilarni 35 soatdan ortiq ishlatmaslik, ularni haddan ziyod ekspluatasiya qilmaslikdir.

Sedrik Verve esa yuqoridagi talablarga bo`ysunmay, qonunni buzganligi uchun 3000 evro jarimaga tortildi. Biroq u mazkur jarimani to`lashdan bosh tortib, “Men bor-yo`g`i vazifamni bajardim” dedi.

Novvoyni himoya qilish uchun 2 ming kishi onlayn-petisiya yozdi. Shahar meri Kristian Branle ham Sedrikning tarafini oldi. Uning fikricha, bunday bema`ni qonunlar kichik tadbirkorlarning ishga bo`lgan ishtiyoqini so`ndiradi.

Novvoylik sohasi Fransiya hukumati tomonidan qattiq nazorat ostiga olingan. Qonunlarga binoan novvoylar yiliga 5 hafta mehnat ta`tiliga chiqishga majburdirlar. Bundan tashqari, mahalliy ma`muriyat novvoylarning ish vaqtini kuzatish huquqiga ega.

    Boshqa yangiliklar