Sudyalar, sud jarayonlari xavfsizligi haqida Adliya vazirligining yangi 2981-sonli yo`riqnomasi qabul qilindi, deb xabar qilmoqda vazirlik o`zining telegram kanalida.
Yangi yo`riqnomada, jumladan quyidagilar belgilangan:
- sudlar, sud prosesslari va ular ishtirokchilari hamda yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta`minlash ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi;
- o`n olti yoshga to`lmagan shaxslar, basharti ular sud prosessida ishtirok etuvchi shaxs bo`lmasalar sud majlisi zaliga kiritilmaydi;
- sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kirib chiqadi;
- sud binosiga mobil telefon, audio, foto va video qayd etish vositalari hamda elektron ma`lumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalarni raislik qiluvchining ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi;
- sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta`minlash maqsadida ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o`qotar qurol beriladi;
Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi;
Ushbu yo`riqnoma O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi qarori bilan 2018 yilning 15 mart kuni tasdiqlandi va 16 martdan boshlab kuchga kirdi. Yo`riqnomaning to`liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.






