AsosiyJamiyat

Samarqandlik imom Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi

'Samarqandlik imom Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi'ning rasmi

Samarqand tumanidagi «Imomi A`zam» jome` masjidi imom xatibi A.Po`latov tashabbusi bilan homiylarni jalb qilgan holda qator xayriya ishlari amalga oshirildi. Bu haqda O`MI Samarqand viloyati vakilligi xabar bermoqda.

Jumladan, Samarqand shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi. Ularni o`qishga, ilm olib o`z kasbining etuk mutaxassislari bo`lishga qiziqtirildi, hayotiy misollar ila murg`ak qalblar ruhlantirildi. Shuningdek, 140 nafar tarbiyalanuvchi uchun ziyofat dasturxoni tashkil etildi.

Bundan tashqari, imom xatib tashabbusi bilan yong`in sababli uyiga jiddiy talofat etgan Samarqand tuman Jo`y-Soy mahallasida yashovchi Sh.E.ga qurilish mollari va moddiy ko`mak, Samarqand tuman Konigil mahallasida yashovchi jigar kasalligi (exinokokk) bilan og`rigan fuqaro K.Sga dori darmon uchun moddiy yordamlar ko`rsatildi.

    Boshqa yangiliklar