AsosiyJinoyat

Tilla taqinchoqlarini aldov yo`li bilan o`zlashtirgan folbin qo`lga olindi

'Tilla taqinchoqlarini aldov yo`li bilan o`zlashtirgan folbin qo`lga olindi'ning rasmi

Sodda odamlarni aldash, mol-dunyosini o`zlashtirishni kasb qilgan, folbinlikdan firibgarlik yo`lida foydalangan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Qibray tumanida yashovchi, turmushga chiqmagan, endigina yigirma besh yoshni qarshilagan S.Xatamova(ism-shariflari o`zgartirilgan) folbinlikni kasb qilib olgan. 2018 yil 16 mart kuni u Qibray tumanida yashovchi, 1973 yilda tug`ilgan J.Botirovani ishonchini suste`mol qilib, taqib yurgan tilla taqinchoqlarini aldov yo`li bilan o`zlashtirgan.

Aniqlanishicha, jabrlanuvchiga taqinchoqlar omadsizlik keltirishini aytib aldagan holda jami bahosi 18 million 775 ming so`m bo`lgan 3 dona tilla uzuk, 2 juft tilla zirak, 1 dona tilla zanjir, shuningdek, baraka keltirishi uchun “eskicha” yo`l bilan o`qib beraman deb, aldab 1 million 200 ming so`m pullarini egallab olib, o`z extiyoji uchun ishlatib yuborgan.

J.Batirova aldanganini sezib qolib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilganidan so`ng folbin firibgarga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar