AsosiyJamiyat

Mast holda sigareta chekib uxlagan kishi o`zining va o`g`lining hayotiga zomin bo`ldi

'Mast holda sigareta chekib uxlagan kishi o`zining va o`g`lining hayotiga zomin bo`ldi'ning rasmi

Toshkent tumanida mast holda sigareta chekib uxlash yong`inga va o`zi bilan o`g`lining o`limiga sabab bo`ldi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan ma`lumotga ko`ra, 21 mart kuni soat 10.00larda Masalboy mahallasida yashagan, 1955 yilda tug`ilgan A.Isakovning uyida yong`in sodir bo`lgan, ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in oqibatida uy jixozlari yonib zarar ko`rgan hamda yong`in o`chirish vaqtida uy egasi A.Isakov va uning o`g`li, 1985 yilda tug`ilgan J.Isakovlarning tutundan dimiqqan, hamda kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Yong`in A.Isakov uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar