AsosiyJamiyat

Toshkent YHXB kelib tushgan videoroliklar asosida 34 mln so`mlik jarima yozdi

'Toshkent YHXB kelib tushgan videoroliklar asosida 34 mln so`mlik jarima yozdi'ning rasmi

Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining mart oyi boshida ishga tushgan saytiga foydalanuvchilar tomonidan yo`l harakati qoidabuzarliklari aks etgan 60 ta videorolik kelib tushgan.

Bu haqda payshanba kuni Toshkent IIBB boshlig`i Rustam Jo`raev aholi bilan ochiq muloqot chog`ida ma`lum qildi.

Shundan 51 ta rolik sodir etilgan qoidabuzarliklar rasmiy dalili sifatida qabul qilingan va jami 34 million so`m miqdorida ma`muriy huquqbuzarlik bo`yicha bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar