AsosiyJamiyat

Tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish holatlari kameralar orqali qayd etiladi

'Tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish holatlari kameralar orqali qayd etiladi'ning rasmi

Ma`muriy javobgarlikka tortish maqsadida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish holatlari texnik foto- va videovositalar orqali qayd etiladi. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga kiritiladigan o`zgartirishlar va qo`shimchalar loyihasi muhokama qilish uchun QHTBT portalida e`lon qilingan, deb yozadi"Norma".

Bugungi kunda amal qilayotgan tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish holatlari uchun ma`muriy javobgarlikni (MJTKning 91-moddasi) jarima sanksiyalarini tegishli ravishda oshirgan holda aniqlashtirish taklif etilmoqda:

Chiqindilar bilan muomala qilish chog`ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish

Chiqindilar bilan muomala qilish sohasida, xavfli chiqindilar bundan mustasno

Xavfli chiqindilar bilan muomala qilish sohasida

Ilk bor sodir etilgan, atrofdagi tabiatga zarar etkazilmagan bo`lsa

fuqarolarga EKIHning 2 baravaridan 4 baravarigacha miqdorda jarima;

mansabdor shaxslarga esa – EKIHning 4 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda.

fuqarolarga EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima;

mansabdor shaxslarga esa – EKIHning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda

Ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa yoxud tabiiy muhitga zarar etkazgan bo`lsa

fuqarolarga EKIHning 4 baravaridan 8 baravarigacha miqdorda jarima;

mansabdor shaxslarga esa – EKIHning 8 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda

fuqarolarga EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima;

mansabdor shaxslarga esa – EKIHning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda

Shuningdek, voyaga etmagan shaxsni chiqindilar bilan muomala qilish sohasida ma`muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb etganlik uchun javobgarlikni joriy etish taklif qilindi. Bunday xatti-harakatlar uchun jarima miqdori EKIHning taxminan 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar