AsosiyJamiyat

Namangandagi bog`chalardan biriga ovqatlarni etkazib berish bo`yicha eksperiment o`tkazildi

'Namangandagi bog`chalardan biriga ovqatlarni etkazib berish bo`yicha eksperiment o`tkazildi'ning rasmi

Namangan viloyatining Chust tumanidagi 35-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi oshxonasida tayyor ovqatlarni etkazib berish bo`yicha eksperiment o`tkazildi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur eksperiment jarayonida viloyatdagi bir necha MChJlar ishtirok etib, ular orasidan “Chust tayyorlov lyuks” MChJ tanlab olindi va ushbu korxona bilan tuman maktabgacha ta`lim bo`limi o`rtasida shartnoma imzolandi.

Endilikda eksperiment g`olibi bo`lgan “Chust tayyorlov lyuks” MChJ tomonidan tumanidagi 8, 28, 30, 34, 35-maktabgacha ta`lim muassasalariga sanitariya va gigiena talablariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni etkazib berish ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar