AsosiyJamiyat

Bojxonachilar 20 tonnaga yaqin urug`lik chigitlarni mamlakatdan noqonuniy chiqib ketishining oldini olishdi

'Bojxonachilar 20 tonnaga yaqin urug`lik chigitlarni mamlakatdan noqonuniy chiqib ketishining oldini olishdi'ning rasmi

Farg`ona viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazilib, Farg`ona tumani “Vodil” qishlog`ida 1995 yilda tug`ilgan F. J. boshqaruvidagi “Mersedes-bens” rusumli yuk avtomashinasi to`xtatildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati.

Avtomashina ko`zdan kechirilganida, yukxonasida narxi 43 mln. 33 ming so`mlik, 9563 kg. “Buxoro 102” navli dorilangan urug`lik chigit mavjudligi aniqlandi.

J.B. urug`lik chigitlarni A.G.ga tegishli ekanligini va ularni 10 mln. so`m evaziga aylanma yo`l orqali Qirg`iziston Respublikasiga o`tkazmoqchi bo`lganini ma`lum qildi.

Shundan so`ng A.G.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganida kelgusida Qirg`iziston Respublikasiga o`tkazish uchun mo`ljallangan narxi 42 mln. 570 ming so`mlik 9460 kg. “Buxoro 102” navli dorilangan urug`lik chigitlari saqlanayotgani aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar