AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatida sodir bo`lgan YTH oqibatida 2 kishi halok bo`ldi, 5 kishi jarohatlandi

'Navoiy viloyatida sodir bo`lgan YTH oqibatida 2 kishi halok bo`ldi, 5 kishi jarohatlandi'ning rasmi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida 23 mart kuni soat 06.45larda yuz bergan yo`l transport hodisasi oqibatida ikki kishi vafot etdi, besh kishi jarohatlandi, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Xabarga ko`ra, Samarqand viloyatda yashovchi, 1959 yilda tug`ilgan M.Ochilov “Kaptiva” rusumli avtomashinasini “Navoiy-Nurota” 4-R57 avtomobil yo`lining 29-km da haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo`lda harakatlanib kelayotgan 1990 yilda tug`ilgan S.Jabborov boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir etgan.

Natijada “Matiz” avtomashinasi haydovchisi va uning yo`lovchisi jarohat olib, voqea joyida halok bo`lgan. Qolgan 4 nafar yo`lovchi va “Kaptiva” haydovchisi turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar