Hukumatning 22 martdagi farmoyishiga asosan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Namangan ko`chasi 1-uy manzilida joylashgan 1-son hibsxonasi joylashgan bino va inshootlar Toshkent shahar hokimligiga o`tadi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram kanali xabar qiladi.
Toshkent shahar hokimligiga mazkur ob`ektni uch oy muddatda buzish va buzishdan bo`shagan er maydonini obodonlashtirish va unda barcha infratuzilma ob`ektlari mavjud bo`lgan zamonaviy xiyobon (dam olish maskani) barpo etish vazifasi yuklandi.
Eslatib o`tamiz, xalq orasida “Toshturma” nomi bilan mashhur bo`lgan mazkur hibsxona yanvar oyida Zangiota tumaniga ko`chirilgan edi.
25.03.2018 18:23
"Toshturma" buzib tashlanadi, o`rnida zamonaviy xiyobon bo`ladi






