AsosiyJamiyat

Mirzacho`llik ayol o`z pochchasining ko`kragiga pichoq urdi

' Mirzacho`llik ayol o`z pochchasining ko`kragiga pichoq urdi'ning rasmi

Jizzax viloyati Mirzacho`l tumani G`alaba mahallasida yashovchi Irina Qo`ldoshevaning «Yangidala» mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi pochchasi Ivan Lukashovnikiga mehmonga kelishi ko`ngilsizlik bilan yakunlandi. Birgalikda spirtli ichimlik iste`mol qilgan pochcha bilan qayinsingilning o`zaro bahsi janjalga aylandi.

Muqaddam sudlangan Irina janjalda haddidan oshib ketdi. Pochchasining ko`kragiga oshxona pichog`i bilan bir necha marta urib tan jarohati etkazdi. Natijada og`ir jarohat olgan I.Lukashov voqea joyida vafot etdi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deb yozadi O`zA.

    Boshqa yangiliklar