O`zbekiston FVVga 23 mart kuni soat 16:12 da Qozog`istonning Qarag`anda viloyatida O`zbekiston fuqarosi bilan ro`y bergan yo`l-transport hodisasi haqida tezkor xabar kelib tushadi.
Andijonlik Ro`zixon Satimovani Abay tumanidagi «Karabas» bekati hududida temir yo`lni kesib o`tayotganida yuk poezdi urib yuboradi.
Olingan jarohatlar oqibatida ayol voqea joyida hayotdan ko`z yumdi. Hozirda uning jasadi Abay tumanidagi shifoxonada saqlanmoqda, deyiladi xabarda.






