AsosiyJamiyat

Damas va «KamAZ» yuk mashinasi to`qnashuvida 2 kishi halok bo`ldi, 9 kishi jarohatlandi

'Damas va «KamAZ» yuk mashinasi to`qnashuvida 2 kishi halok bo`ldi, 9 kishi jarohatlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida 24 mart kuni katta talafotlarga sabab bo`lgan yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, soat 16:30 atrofida J.Usmonov Sherobod tumanida avtomobilida «Sherobod—Jarqo`rg`on» yo`lining 7-kilometrida qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan A.Ziyodullaev boshqaruvidagi «KamAZ» yuk mashinasiga urilib, to`qnashuv sodir etdi.

YTH oqibatida Damas yo`lovchilari 1959 yilda tug`ilgan M.Abdullaev va 2016 yilda tug`ilgan L.Abduzoirov voqea joyida halok bo`ldi.

Haydovchi J.Usmonov va yana 8 nafar yo`lovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.

    Boshqa yangiliklar