Samarqandda “Biz, yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!” shiori ostida “Yoshlar marafoni” tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
O`zbekiston yoshlar ittifoqi, viloyat hokimligi, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O`zbekiston mudofaasiga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat bo`limi hamkorligida tashkil etilgan marafonda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo`lgan 6 mingga yaqin ko`ngilli ishtirok etdi.
Registon maydonidan boshlangan marafon viloyat musiqali drama teatrigacha bo`lgan 3,8 kilometrlik masofoda o`tkazildi. Unda uch yosh toifasida g`olib va sovrindorlar aniqlandi.
– Bugungi marafonda birinchi o`rinni egalladim. – deydi Samarqand davlat universiteti talabasi Mahliyo Sattorova. – Ushbu tadbir yoshlarni sportga jalb qilish orqali jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga xizmat qiladi.








