Joriy yilning 23 mart kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv xizmati «1050» telefon raqamiga Samarqand shahrida yashovchi T.X eshigi qulflanib qolganligi uchun uni ochishda yordam so`rab qo`ng`iroq qiladi. Shuningdek, fuqaro T.X uy ichida 18 yoshli o`g`li borligi va u javob bermayotganligini, yoniq holda qolgan gaz plitasiga choy qo`yilganligini bildiradi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
FVB xodimlari temir eshikni ochganda xonadon ichidagi o`smir chuqur uyqu holatida edi. Gaz plitasidan chiqqan gaz isining butun xonadon bo`ylab tarqalganligi qutqaruvchilardan ehtiyotkorlikni talab etdi. Qutqaruvchi alpinistlar tabiiy gaz to`planayotgan xonadon ichidan o`smirni o`z vaqtida olib chiqishga ulgurdi. Hozirda yigitning ahvoli qoniqarli.






