Namangan shahrida 24 mart kuni 80 yoshli qariya o`ldirildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
"Soat 15:10 atrofida To`raqo`rg`on tumani, H.Olimjon mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug`ilgan A.Umarov shaharning Bunyodkor mahallasida yashagan pensioner, 1937 yilda tug`ilgan R.Ne`matovning boshiga ketmon bilan urib, jarohat etkazdi", - deya qayd etilgan xabarda.
Bunga qariyaning uyida ro`y bergan o`zaro janjal sabab bo`lgani bildirilmoqda.
Zarba natijasida R.Ne`matov voqea joyida hayotdan ko`z yumdi. A.Umarov qo`lga olindi.






