AsosiyJamiyat

Qidiruvdagi shaxs qamoqxonaga emas o`z oilasiga bag`riga qaytdi

'Qidiruvdagi shaxs qamoqxonaga emas o`z oilasiga bag`riga qaytdi'ning rasmi

Farg`ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo`lgan marg`ilonlik Botirjon Ibragimov o`z ixtiyori bilan yurtimizga qaytgani uchun unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilmay, o`z oilasi bag`riga qaytarildi, deb yozadi O`zA.

Mamlakatimizda keyingi bir yil ichida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish borasida mutlaqo yangi tizim yaratildi. Ayniqsa, adashib jinoyat ko`chasiga kirib qolganlarni kechirish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Diniy-ekstremistik oqimlarga kirganlarning har biriga nisbatan mavjud hujjatlar din ulamolari, yaqinlari, qo`ni-qo`shni va qarindosh urug`lari, mahalla aholisi fikrini inobatga olgan holda o`rganilib, tegishli komissiya xulosasi qabul qilinayotir. Ana shu tizim asosida 2017 yilda 18 mingdan ortiq shaxs maxsus hisobdan chiqarildi.

b ibragimov.jpg
Farg`ona viloyatida ham maxsus qidiruvda bo`lib, yurtimizga o`z ixtiyori bilan qaytayotganlarni kechirish, ularni to`g`ri yo`lga solish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shahar va tumanlarda targ`ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Marg`ilon shahrilik Botirjon Ibragimov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) jinoyatni sodir etib, 4 yil xorijda qidiruvda yurdi. O`tgan davr mobaynida o`z qilmishlaridan pushaymon bo`ldi hamda o`z ixtiyori bilan yurtiga qaytishga qaror qildi. “Farg`ona” aeroportiga tushgan B. Ibragimov qamoqxonaga emas, o`z oilasi bag`riga topshirildi. Ayni kunlarda ichki ishlar idoralari tomonidan ochiqda tergov ishlari olib borilmoqda.

– Bugungi kunda joylarda qidiruvda bo`lgan shaxslarning oila-a`zolari bilan suhbatlar, tushuntirish ishlari tashkil etilmoqda, – deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Umidjon Soliev. – Haqiqatdan ham ular o`z ixtiyori bilan qaytsa, belgilangan ehtiyot chorasi o`zgartirilib, o`z uyida, oilasi bag`rida bo`ladi. Botir Ibragimov ham birinchilardan bo`lib, qaytgani uchun unga nisbatan qamoq jazosi qo`llanilmadi. Albatta, tergov harakatlari tugagandan so`ng, sud unga o`z hukmini chiqaradi.

    Boshqa yangiliklar