AsosiyMadaniyat

Murat Yildirim ishtirokidagi sahnalar Buxoroda suratga olinmoqda (foto)

'Murat Yildirim ishtirokidagi sahnalar Buxoroda suratga olinmoqda (foto)'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, 23 mart kuni turkiyalik super kino yulduzi Murat Yildirim Muxlisa Azizovaning “SCORPION” trillerida suratga tushish uchun O`zbekistonga etib kelgan edi.

O`zA xabariga ko`ra, ayni kunlarda mashhur aktyor ishtirokidagi sahnalar Buxoro viloyatida suratga olinmoqda. Shu bilan birga «Lichny nomer» (Rossiya) filmidagi Umar Tamiev obrazi orqali o`zbekistonlik tomoshabinlarga yaxshi tanish bo`lgan Vyacheslav Razbegaev ham Buxoro viloyatida davom etayotgan suratga olish ishlarida qatnashmoqda.

Shu yilning 28 mart kunisoat 11:00 da O`zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar press klubi zalida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Murat Yildirim ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, mazkur film O`zbekiston yoshlar ittifoqi, “O`zbekkino” Milliy agentligi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinmoqda.





    Boshqa yangiliklar