AsosiyJamiyat

"Chopar" va "Les Ailes" kafelarida sodir bo`lgan yong`in sabablari ma`lum qilindi

'"Chopar" va "Les Ailes" kafelarida sodir bo`lgan yong`in sabablari ma`lum qilindi'ning rasmi

25 martdan 26 martga o`tar kechasi Toshkent shahridagi Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan "Chopar" kafesi filialida yong`in yuz berdi. Olov qo`shni binoda joylashgan "Les Ailes" kafesiga ham o`tgan, deb xabar qiladi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Yong`in haqidagi xabar tungi soat 2:09 da kelib tushgan. Soat 2:20 da o`t o`chirish jamoasi voqea joyiga etib borgan va soat 2:31 da yong`in to`liq bartaraf etilgan.

alt

alt

Hodisa oqibatida har ikkala binoning tom qismi hamda "Chopar" kafesi filiali binosining ichki qismi zararlangan. Qurbonlar yo`q.

Yong`inga elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo`lganligi taxmin qilinmoqda.

alt

O`z navbatida, YoXB hamda IIBB barchani yong`in xavfsizligi qoidalariga amal qilishga chaqiradi.

    Boshqa yangiliklar