AsosiyJamiyat

Ilk marotaba o`quvchi-qizlar uchun respublika innovasion sammiti tashkil etildi

'Ilk marotaba o`quvchi-qizlar uchun respublika innovasion sammiti tashkil etildi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi tashabbusi bilan ilk marotaba o`quvchi-qizlar uchun respublika innovasion sammiti tashkil etildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son “Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni hamda “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan I Respublika o`quvchi-qizlar sammiti tashkil qilindi.

I Respublika o`quvchi-qizlar sammiti 2018 yil 24-26 mart kunlari Toshkent shahrida o`tkazilib, unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashabbuskor, faol 230 nafar (har bir tuman (shahar)dan bittadan) o`quvchi-qizlar ishtirok etishmoqda. Cammit o`z ichiga 6 ta yo`nalishni qamrab olgan:

1. Axborot texnologiyalari;
2. Media va jurnalistika;
3. Innovasion menejment;
4. Iqtisod va biznes;
5. San`at va ijod (xonandalik, raqs, dizayn);
6. Ta`limga oid ijtimoiy loyihalar.

Sammit dasturiga ko`ra 2018 yil 24-26 mart kunlari Toshkent shahridagi A.Avloniy nomidagi markaziy malaka oshirish institutida o`quvchi qizlarning ijodiy va intellektual salohiyatlarini oshirishga qaratilgan bir qator master-klass va seminar-treninglar tashkil etildi. Treninglar o`z yo`nalishi bo`yicha respublikamizdagi eng taniqli va muvaffaqiyatga erishgan ayollari tomonidan olib borildi.

Sammit doirasida “Zamonaviy o`zbek ayoli qanday bo`lishi kerak”, “Tadbirkorlikni nimadan boshlash kerak?”, “Kichik hududlarda tadbirkorlikni yo`lga qo`yish” mavzularida davra suhbatlari, “Innovasion texnologiyalardan foydalanib brend yaratish”, “Axborot texnologiyalari sohasi” va “Qizlarjon klubi faoliyatini hududlarda yo`lga qo`yish” kabi dolzarb mavzularda mahorat darslari o`tkazildi.

I Respublika o`quvchi-qizlar sammitida faol ishtirok etgan o`quvchi-qizlarga o`z hududlarida innovasion loyihalarini amalga oshirishda yordam ko`rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar